![]()
O’zbekcha Afandi latifalari
Afandi bozorga eshagini olib borib, dallolga berdi. Bir xaridor uning tishini ko'rmoqchi bo'lgan edi, eshak xaridoing qo'lini tishlab olibdi. Xaridor qo'lini ushlaganicha ketvaribdi. Oradan bir oz vaqt o'tgach, ikkinchi xaridor kelib, u ham eshakni silab ko'rmoqchi bo'lgan edi, eshak uni tepib yubordi. Bu xaridor ham oqsoqlanib ketib qolibdi. Dallol Afandining oldiga kelib g'azab bilan:
— Eshagingizning fe'li yomon ekan. Oldidan kelgai tishlaydi, orqasidan kelgai tepadi. Bu eshakni birov tekinga ham olmaydi, - desa,
— Eshakni men bu yerga sotgani olib kelganim yo'q, - dedi afandi, — uning menga ko'rsatgan azobini boshqalar ham tatib ko'rsin, - deb olib kelgan edim.
***
Afandi yog' olish uchun kosa ko'tarib bozorga boribdi. Yog'furushdan bir tangalik yog' so'rabdi. Yog'furush bir tangalik yog'ni kosaga quygan ekan, kosa to'lib, ozginasi ortib qolibdi.
— Qolganini nima qilamiz? - so'rabdi yog'furush.
— Orqasiga quy, - deb afandi kosani ag'dargan ekan, ichidagi yog' to'kilib ketibdi. Afandi ham ozginagina yog'ni ko'tarib, uyiga kelibdi. Yog'ni ko'rgan xotini qichqiribdi:
— Shu yog'ni oldingiz xolosmi?
Afandi bo'lsa:
— Ey nodon, ko'p qichqirma! Bu yog'ida ham bor, - debdi-da, kosani ag'dargan ekan, qolgan yog' ham to'kilib ketibdi.
***
ملانصرالدین (Molla Nsrddin)...ما را در سایت ملانصرالدین (Molla Nsrddin) دنبال میکنید
برچسب: نویسنده: بازدید: 273